Pike: "Barselona" bunday o'yin bilan Yevropa Ligasini yuta oladi"

Aziz Tukhtamuradov
18 fev 2022, 07:26
"Barselona" himoyachisi Jerar Pike Yevropa Ligasining 1/16 finali doirasida "Napoli"ga qarshi o'yindan so'ng (1:1) o'z fikrlarini bildirdi.

"Biz 4-5 ta gol urishimiz mumkin edi. Ular ikki marotaba darvozamiz oldiga yaqinlashishdi va bitta gol urishdi. O'yindan yaxshi taassurotlar qoldi, lekin natijadan emas. 

Bazi o'yinlarda vaziyatlarni golga aylantirish qiyin kechmoqda. Agar imkoniyatlar bo'lsa, biz gol urmoqdamiz. Bu ishonch masalasidir. Biz yuqori darajadagi raqibga qarshi yaxshi o'yin o'tkazdik. Natija yomonroq, yutishni istagandik. 

Bunday o'yin bilan Yevropa Ligasini yutishimiz mumkin. Agar ikkinchi bo'limdagidek vaziyatlar yaratsak, gollar ham bo'ladi va biz keyingi bosqichga chiqamiz", - dedi Pike. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Marca