Pep Gvardiola: “APL taqvimi bu shunchaki fojea, ammo...”

2 yanv 2018, 22:16
“Manchester Siti” bosh murabbiyi Pep Gvardiola Angliya premer ligasi taqvimini tanqid qildi.

“Agar siz menga bu taqvim texnik yoki jismoniy tomondan futbolchilar uchun foydali deb aytsangiz, javobim shunday bo'ladi: bu fojea. Ammo bu anana, shu bois men bunga ko'nikishim lozim. Bazida tiklanish uchun to'rt, bazida ikki kun bo'ladi. Hamma bir xil sharoitda. O'tgan mavsumda bizga tiklanish uchun juda kam vaqt bor edi, balkim kelgusi yili ko'proq bo'lar. 

Bu haqda men ko'plab mulohazalarimni bildirishim mumkin, ammo men rahbariyatga murojaat qilib, hammasini o'zgartirishlarini so'ramayman. Hech qachon”, deydi Gvardiola.

O'xshash yangiliklar


Manba: BBC