Pele qaerga dafn etilishi ma'lum

Eldor Akmurzayev
30 dek 2022, 09:05
29 dekabr kuni futbol afsonasi Pele 82 yoshida og'ir xastalik tufayli vafot etdi.

“Globo” manbasiga ko'ra, “futbol qiroli”ning dafn marosimi San-Pauluning Santos shahridagi “Vila-Belmiro” stadionida bo'lib o'tadi. Mazkur o'yingoh “Santos”ning tarixiy maskani hisoblanadi va Pele asosiy faoliyatini shu yerda olib borgan.

Shuningdek, Santos meri Pele o'limi munosabati bilan shaharda 1 haftalik motam e'lon qildi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Globo