

Finalda Olim Shokirov boshqarayotgan jamoa "Yangier"ga qarshi maydonga tushdi. O'yinda to'liq tashabbusga erishgan poytaxtliklar 3:1 hisobida g'alaba qozonishdi. Shu tariqa 4-marotaba o'tkazilgan musobaqada "Paxtakor" akademiyasi tarbiyalanuvchilari g'olib chiqishdi.
Finaldan so'ng taqdirlash marosimi o'tkazilib, unda futbolimiz faxriylari va "Paxtakor" jamoasi a'zolari sovrindorlarga kubok va medallarni taqdim etishdi.







