O'zbekiston Futbol Federatsiyasida ishlashni istaysizmi?

Aziz Tukhtamuradov
28 sen 2017, 19:22
O'zbekiston Futbol Federatsiyasidagi quyida keltirilgan boshqarma va bo'limlarga tanlov asosida mutaxassislar ishga taklif qilinadi:

  • Yuridik bo'lim;
  • Matbuot xizmati (ingliz, rus va o'zbek tillarini biladigan jurnalistlar);
  • Xalqaro aloqalar boshqarmasi;
  • Xavfsizlik boshqarmasi;
  • Kelishilgan o'yinlarga qarshi kurashish bo'linmasi;
  • Kadrlar boshqarmasi;
  • Ilmiy-uslubiy taminot bo'limi;
  • Moliya-iqtisod boshqarmasi;
  • Xo'jalik ishlari xizmati;
  • Marketing boshqarmasi;
  • Bolalar-o'smirlar futboli va ommaviy futbolni rivojlantirish boshqarmasi;
  • Hakamlar va inspektorlar boshqarmasi;
  • Terma jamoalar boshqarmasi;

Nomzodlar quyidagi umumiy talablarga javob berishi kerak:

- soha bo'yicha ma'lumotga ega bo'lishi;
- futbol va sport sohasidagi strukturadagi ish tajribasi;
- futbol va sport sohasidagi meyoriy xujjatlar haqida bilimga ega bo'lishi;
- xorijiy (rus, ingliz va boshqa) tillarni bilishi;
- kompyuter va internetdan samarali foydalanish, prezentaciyalarni tayyorlashni o'zlashtirgan bo'lishi;
- Toshkent shahri va Toshkent viloyatining Zangiota, Qibray va Toshkent tumanlarida doimiy ro'yxatdan o'tgan bo'lishi;

Shuningdek, buxgalter, kassir, shifokor, psixolog, ish va arxiv yurituvchi, elektrik, santexnik, bug' qozonlar mutaxassisi, omborxona mudiri, oshpaz, haydovchi, IT mutaxassis, bog'bon, farroshlar ham ishga taklif qilinadi.

Nomzodlar o'zi haqidagi ma'lumotnoma (rezyume)ni info@the-uff.com elektron pochta manzili yoki +99871 230-90-51 faksga yuborishlari kerak. Komissiya tomonidan saralab olingan nomzodlarga tashkiliy qo'mita tomonidan xabar beriladi va suhbatga taklif etiladi.

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: the-uff.com