Noyer kamida 2025 yilgacha "Bavariya"da qolmoqchi. Shartnoma tez orada imzolanishi mumkin

Alisher
17 noya 2021, 17:16
"Bavariya" darvozabon Manuel Noyer bilan shartnomani uzaytirishni rejalashtirmoqda.

35 yoshli nemisning amaldagi shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar mo'ljallangan, ammo tomonlar yangi bitimni muhokama qilishmoqda.

Darvozabonni Myunxen klubida barchasi qanoatlantirmoqda, u shartnomani kamida 2025 yilga qadar uzaytirishni xohlaydi. Tomonlar yil so'nggida kelishuvga erishishi ham mumkin.

Eslatib o'tamiz, Noyer 2011 yildan beri "Bavariya"da o'ynaydi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: sport1.de