Noyer Bundesligada mamlakat chempioni nomi pley-off uchrashuvlarida aniqlanishiga qarshi

Aslanov Jasurbek
23 sen 2016, 10:45
"Bavariya" darvozaboni Manuel Noyer Germaniya chempionatida pley-off uchrashuvlarini o'tkazish g'oyasiga qarshi.

Bu taklif "Bayer" sobiq prezidenti Volfgang Xolcxoyzyerdan chiqdi. Uning so'zlariga ko'ra, Bundesliga mavsum yakunlanganidan so'ng, kuchli to'rtlikdagi jamoalar qo'shimcha uchrashuvlar o'tkazishi kerak.

"Bu g'oyani omadli deb hisoblamayman, chunki Bundesliga o'z ananalariga ega va ular uzoq vaqt davom etadi. Milliy birinchilikni o'zgartimaslik kerak" - deydi Noyer.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Goal