

“Karantin davrini oilam davrasida o'tkazishni reja qilganman. Ammo har kuni mashg'ulotlarni davom ettirayapman. Sport formamni saqlab qolishga intilayapman, ammo bu oson emas. Hali oldimda ko'plab muhim o'yinlar bor, shu bois mashg'ulotlarni to'xtatish haqida o'ylayotganim yo'q. Men jamoa bilan qay tarzda mashg'ulotlar o'tkazgan bo'lsam, o'sha ritmda individual mashg'ulot o'tkazib kelayapman. Bu mashqlarni maksimal tarzda, astoydil bajarishga intilayapman. Odatiy futbol uchrashuvlarini sog'indim, murabbiylarimizing biz uchun tayyorlagan dasturlarini bajarishni kanda qilganim yo'q”, deya Neymarning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Sport.es.
Fransiya chempionati koronavirus pandemiyasi tufayli muddatidan oldin yakuniga etkazilgan va PSJ mamlakat chempioni deya e'lon qilingan. Ammo Tuxel jamoasi YCHL ¼ finalida o'z yurishini davom ettirmoqda. Ushbu turnir UEFA tomonidan avgust oyida davom ettirilishi mo'ljallangan.



