Neymar "Oltin to'p" haqida: Vinisius hech bo'lmaganda kuchli uchlikka kirishi kerak. 8-o'rin adolatsizlikdan"

Оқил Абдубарноев
19 okt 2022, 23:35
Neymarning fikricha, Vinisius "Oltin to'p" uchun ovoz berishda kuchli uchlikdan o'rin olishi lozim edi.

PSJ hujumchisi Tvitter sahifasida "Real" hujumchisi Karim Benzemani "Oltin to'p" sovrini qo'lga kiritgani bilan tabrikladi hamda madridliklar safida to'p tepadigan vatandoshi Vinisius Juniorni yuqoriroqda bo'lishi kerakligini ta'kidladi.

“Benzema sovringa munosib edi. Ofarin! Biroq Vinisius sakkizinchi o'rindan joy olishi adolatdan emas. U hech bo'lmaganda kuchli uchlikka kirishi kerak edi”, - deb yozdi braziliyalik hujumchi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: twitter.com/neymarjr