Neymar: "Muxlislar menga bulochka, sok va kola uloqtirishdi. O'sha vaziyatda tushlik qilib olishim mumkin edi"

Aziz Tukhtamuradov
23 okt 2017, 20:02
PSJ futbolchisi Neymar "Marsel"ga qarshi o'yindan so'ng muxlislar unga turli narsalar uloqtirganliklarini aytib o'tdi.

"Muxlislar menga turli narslar uloqtirishdi. U narsalarga men hatto tushlik ham qilib olishim mumkin edi. Bulochka, apelsin soki va kola... Bu endi futbol emasda.

Bu narsa Libertadores Kubogidami, bu yerdami. Farqi yo'q qayerda bo'lib o'tishi. Bundan bo'lmasligi kerak. Bunaqa holatni sen restoranga borib, bosh oshpazga vilka va pichok otish bilan tenglashtirsa bo'ladi.

Chetlatish meni jahlimni chiqarmadi. Agar men jahldor holatda bo'lganimda siz bilan gaplashmagan bo'lardim va o'yindan so'ng darxol avtobusga chiqib ketardim. Futbolda bundan ham battarog'ini ko'rganman va o'sha vaziyatda hech kim chetlatilmagandi.

Men xatoim uchun javobgarlikni bo'ynima olaman. Lekin, o'zimni nazorat qilayotgandim. Biz raqib g'alaba qozonish uchun barcha narsa qilishi mumkin bo'lgan holatlarga tayyor turishimiz kerak", - deydi braziliyalik futbolchi.


O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Diario Sport