"Navbahor" - "So'g'diyona" uchrashuvi paytida hech qachon bo'lmagan chiroyli voqea yuz berishi kutilmoqda

4 may 2019, 16:45
Bugun Namangandagi uchrashuv paytida o'zbek futboli tarixida ilk marotaba butun stadion "Navbahor"ga atab yozilgan jamoaning maxsus madhiyasini jo'r bo'lib kuylaydi.

Bugun ilk bor Superliga o'yini paytida "Navbahor"ga atab yozilgan madhiyani o'yingohga yig'ilgan muxlislar birgalashib aytishi kutilmoqda. Mazkur madhiya matni muallifi Bahodir Jo'raev. Shoirga "Navbahor"ga atab maxsus madhiya yozgani uchun Namangan viloyati hokimi tomonidan 10 million pul mukofoti topshiriladi.


Navbahor” 

Biz, Namangan lochini futbol bilan yashaymiz, 

G'oliblik yo'li sari olg'a qadam tashlaymiz. 

Yomg'ir yoki issiqda to'lar o'yingohimiz, 

Chunki faxrim “Navbahor” - bizning jon-u dilimiz. 

 
Naqorat

“Navbahor”, “Navbahor”, “Navbahor” bizga g'alaba darkor, 

Buyuk “Navbahor”!!! 


Biz doim quvonch bilan mehmonlarni kutamiz, 

Mehnat qilsak albatta, g'alabaga etamiz. 

Qani, endi baralla keling, birga aytamiz, 

Namanganning engilmas uchqur lochinlarimiz. 

 

Naqorat 

“Navbahor”, “Navbahor”, “Navbahor” bizga g'alaba darkor, 

Buyuk “Navbahor”!!!

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia