MYU Donnarummaga shartnoma taklif qilishga tayyor

Alisher
24 may 2019, 13:11
"Milan" posboni Janluiji Donnarumma "Manchester Yunayted" qiziqishlari doirasiga tushib qoldi.

MYU ispaniyalik darvozabon David De Xea bilan shartnomani uzaytira olmayapti va uning o'rniga nomzodlar qidirish harakatiga tushib qolgan. "Qizil iblislar" rahbariyati agar "Milan" Chempionlar Ligasiga chiqa olmagan taqdirda milanliklar tarkibidan ketmoqchi bo'layotgan italiyalik darvozabonga e'tiborlarini qaratishgan.

20 yoshli darvozabonning transfer narxi 60-70 million evro atrofida baholanmoqda.

Yosh darvozabon joriy mavsum A Seriyada 35ta o'yin o'tkazdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Calciomercato