MYU Angliya Kubogi finalidan so'ng "Yuventus" futbolchisini xarid qilishi mumkin

Aslanov Jasurbek
15 may 2018, 14:18
"Yuventus" himoyachisi Aleks Sandro yaqin vaqt ichida klubini tark etadi va Angliya Premer-ligasini tark etadi.

Ma'lumotlarga ko'ra, "Manchester Yunayted" braziliyalik futbolchini xarid qilish uchun harakatlarni davom ettirmoqda. Sandroning o'zi ham transferga qiziqib qolgan va "Yuventus" rahbariyatiga mankunianlar safini to'ldirmoqchi ekanligini aytgan. Ingliz klubi "Chelsi"ga qarshi Angliya Kubogi final o'yinidan (19 may) so'ng, Aleks Sandroni xarid qilmoqchi. Transfer 52 mln. funt (60 mln. evro)ga amalga oshishi kutilmoqda.

Joriy mavsum 27 yoshli himoyachi A Seriyaning 25ta uchrashuvida maydonga tushib, 4ta gol urdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Daily Mail