Mourinyu: “Himoyada xatolarimiz ko'payib bormoqda”

29 dek 2019, 08:37
Londonning “Tottenhem” klubi bosh murabbiyi Joz Mourinyu APL 20-turi doirasida “Norvich”ga (2:2) qarshi kechgan uchrashuvdan keyin o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

“Ikkinchi bo'limda xuddi birinchi bo'limdagi singari xatolarga yo'l qo'ydik. Bu tariximizning bir bo'lagi.  O'yinni juda yaxshi boshladik. Uch yoki to'rtta juda yaxshi imkoniyat bo'ldi. Ammo ikkita yoqimsiz gol o'tkazdik. O'yindan o'yinga himoyada xatolarimiz ko'payib bormoqda.

Oldimizda qilinishi lozim bo'lgan ko'p ish bor. Har doim aytganimdek, jamoani nozik jihatlarini bartaraf etish yo'lida ishlayapmiz. Bizga himoyada e'tiborliroq bo'lish talab etiladi. Individual xatolar judayam ko'p. Bu odamni kayfiyatiga salbiy ta’sir etadi. Biz yanada yaxshiroq, bundanda hujumkorroq o'yin namoyish eta olamiz.

“Norvich” himoyachilari xuddiki xayotlar uchun kurashayotgandik himoyalanishdi”, dedi Mourinyu  Sky Sports telekanali efiriga bergan intervyusida.

O'xshash yangiliklar


Manba: ВВС