Mourinyo Evrokuboklardagi g'alabalar bo'yicha Fergyusondan o'tib ketdi

Aziz Tukhtamuradov
28 okt 2022, 09:43
"Roma" bosh murabbiyi Joze Mourinyo Evrokuboklardagi 107-g'alabasiga erishdi.

Yevropa ligasi doirasida "Roma" Finlyandiyaning XIK jamoasidan ustun keldi (2:1). 

Portugaliyalik murabbiyi Evrokuboklarda g'alaba qozonish bo'yicha ser Aleks Fergyusonni ham ortda qoldirib, birinchi o'ringa chiqib oldi. 

Mourinyo "Roma"gacha "Portu", "Chelsi", "Real", "Manchester Yunayted" va "Tottenxem" jamoalarida ishlagan. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Opta