Mourinyo Diego Kosta jarohatida del Boskeni aybladi

Aslanov Jasurbek
28 okt 2014, 16:28
"Chelsi" bosh murabbiyi Joze Mourinyoning fikricha, o'z jamoasi hujumchisi Diego Kostaning jarohatida Visente del Boske boshchiligidagi Ispaniya terma jamoasi murabbiylar shtabi aybdor.

"Diego Kosta terma jamoasidan qaytganidan so'ng kasalxonaga yo'l oldi. U "Manchester Yunayted" bilan bahsni virus tufayli emas, jarohat sabab o'tkazib yubordi. U terma jamoa safida bo'lganida shikastlangan. Bundan tashqari, Kosta KPRga qarshi o'yingacha tayyor bo'lishi kerak" - deydi Mourinyo.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com