Mourinyo 29 avgust kuni "Manchester Yunayted" futbolchilari bilan uchrashadi

Aslanov Jasurbek
22 avg 2018, 14:41
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Joze Mourinyo kelasi hafta jamoa futbolchilari bilan suhbat o'tkazmoqchi.

Ma'lumotlarga ko'ra, 29 avgust kuni "qizil iblislar" "Tottenxem"ga qarshi APLning 3-tur uchrashuvidan so'ng klub bazasiga qaytishadi. Shu kuni Mourinyo jamoa tarkibini yig'ib, futbolchilar bilan klubdagi vaziyat va o'yin tizimidagi muammolarni muhokama qiladi.

Oldinroq, "Manchester Yunayted" rahbariyati Mourinyoga to'liq ishonishi va joriy mavsum uni iste'foga chiqarishni rejalashtirmayotgani e'lon qilingan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Daily Mail