"Avvalo bizni qo'llab-quvvatlab turgan muxlislarga minnatdorchilik bildirmoqchiman. Tabiiyki bugun g'alaba qozonishni niyat qilgan edik. Birinchi bo'limda bir nechta qulay vaziyatlar bo'ldi, ammo... Sen urmasang, senga urishadi. Ikkinchi bo'limda esa oddiy vaziyatlarda raqibga tashabbusni topshirib qo'ydik. Golni ham yo'q joydan o'tkazib yubordik. Futbolni aldab bo'lmaydi", - deydi Mirjalol Qosimov.
- O'zingiz va futbolchilarni obro'si uchchun ham Markazga jiddiy talab qo'ysangiz bo'lmaydimi. Livanga uchta gol urganimizda biz JCHda bo'lar edik. Ammo maydonning ahvoli bunga yo'l qo'ymadi. Bugun ham bu holat Hasanov va Jeparovga juda ko'p pand berdi. Anzurni kasal deyishdi, bitta vakilimizni yuborib samoletga o'tkazib uchirib olib kelsa bo'lardi-ku!? Bu yerda muxlis buni bilmaydi, o'zingizni va yigitlarning mehnati havoga uchayotgani qolyapti xolos.
- Albatta, o'yin bo'lsa yaxshi bo'lardi. Maydonga kelsak pand berdi, ammo BAA ham shu maydonda o'ynadi. Aslida toma-toma ko'l bo'lur deb shunga aytishadi.
- Voxid Shodiev bugun o'z zimmasiga yuklatilgan vazifani bajardi deb o'ylaysizmi, Nagaev esa o'yinni kuchaytira oldi?
- Shodiev bundan ham kuchli o'ynay oladi. Bugun raqib imkon berganicha o'ynadi. Yana o'sha gap qaytib keladi, chempionat hali boshlanmadi. Nagaevning chiqishi esa jismonan toliqqan raqibga qarshi o'yinni jonlantira oldi. Kecha ikkinchi bo'limda o'zgarish bo'lib o'tishi haqida aytganimda, shuni nazarda tutgan edim. To'xtaxo'jaevni chetlatilishi ham qarshi hujumga tayanishimizga majbur qildi.
- Endigi rejalar qanday, may oyida bo'lishi lozim bo'lgan o'rtoqlik uchrashuvi ham bo'lmasligi mumkin ekan?
- Nima bo'lgan taqdirda ham may oyida Toshkentda o'ynashimiz kerak. Safarga chiqishga takliflar bor. Ammo maqsad o'z maydonimizda to'p tepish.
- Jeparov siz kabi burchakdan to'pni darvoza to'riga joylashni maqsad qilyapti. Ammo o'xshmayapti...
- Bu haqda Jeparovga ko'rsatmani men beraman. Undan tashqari bo'ydor futbolchilarimiz ham u etkazib bergan to'pga to'g'ri chiqishi kerak. Bu borada muammo bor.