Millatlar Ligasi. Portugaliya va Fransiya termalaridan g'alabalar

15 okt 2020, 01:48
UEFA Millatlar Ligasining 4-tur bahslari davom etadi.

Turnirning A ligasi 3-guruhi jamoalari o'rtasidagi uchrashuvlar nihoyasiga etdi. Shvetsiyani qabul qilgan Portugaliya yirik hisobda g'alaba qozongan bo'lsa, Xorvatiyaga safar uyushtirgan amaldagi jahon chempionlari mezbonlardan 2:1 hisobida ustun kelishdi.

Turnir jadvali

Xorvatiya – Fransiya 1:2 

14 oktyabr, 23.45, Maksimir

Gollar:

0:1 – 8 Grizmann, 1:1 – 64 Vlashich, 1:2 – 79 Mbappe.

Xorvatiya – Livakovich, Vida, Uremovich, Barishich, Lovren, Modrich, Pashalich (Brekalo, 46), Perishich (Bradarich, 78), Badel (Kovachich, 46), Vlashich (Kramarich, 80), Petkovich (Budimir, 61).

Fransiya – Loris, Varan, Langle, Mendi, Din (Lyuka Ernandes, 83), Nzonzi, Rabo (Pogba, 74), Tolisso (Kamavinga, 63), Marsyal (Koman, 63), Mbappe, Grizmann (Jiru, 83).

Ogohlantirishlar:

Din (4), Vlashich (5), Uremovich (57), Lovren (90), Pogba (90).

Portugaliya – Shvetsiya 3:0

14 oktyabr, 23.45, Joze Alvalade

Gollar:

1:0 – 21 Bernardu Silva, 2:0 – 44 Diogu Jota, 3:0 – 72 Diogu Jota.

Portugaliya – Ruy Patrisiu, Joau Kanselu, Ruben Diash, Pepe, Bernardu Silva (Andre Silva, 75), Danilu Pereyra, Diogu Jota (Rafa Silva, 88), Vilyam Karvalyu (Moutinyu, 80), Joau Feliks (Podense, 75), Brunu Fernandesh (Sanshesh, 88), Gerreyru.

Shvetsiya – Olsen, Bengtsson, Lindelef, Lyustig (Yoxansson, 54), Yansson, Klasson, Ekdal, Olsson, Kulusevski (Larsson, 88), Kvayson (Isak, 62), Berg (Olsson, 88).

Ogohlantirishlar:

Ekdal (36), Diogu Jota (52), Olsson (57), Yansson (61), Berg (79), Brunu Fernandesh (85).

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia