"Metallurg"ni O'zbekiston chempioni qilgan murabbiy "So'g'diyona"da

Narzulla Saydullayev
23 fev 2018, 20:15
Mavsum tayyorgarlikni Gulnora A'zamova bilan boshlagan “So'g'diyona-W” jamoasi murabbiylar shtabida o'zgarish ro'y berdi. Jamoaga Sherali Boboqulov bosh murabbiy etib tayinlandi.

Shu o'rinda,  Sherali Boboqulov haqiqa qisqacha ma'lumot. Futbolchilik faoliyatini “Metallurg” klubida boshlagan Sherali Boboqulov 2013-2017 yillarda “Metallurg–W” jamoasi bosh murabbiyi, 2016-2017 yillar davomida O'zbekiston ayollar terma jamoasi bosh murabbiyi bo'lib faoliyat olib borgan.

Uning boshqaruvida “Metallurg-W” jamoasi O'zbekiston milliy chempionatida bronza, kumush va oltin medallari va shu yilda “Oltin dubl”, yani O'zbekiston chempionligi va kubogini qo'lga kiritgan. 2017 yilda Qirg'izistonning Bishkek shahrida o'tkazilgan “Uch millat” kubogida O'zbekiston ayollar terma jamoasi Sherali Boboqulov boshchiligida g'olib bo'lgan.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcsogdiana.uz