Messi: "Oltin butsa" - butun jamoaning sovrini"

Aslanov Jasurbek
28 dek 2018, 13:08
"Barselona" hujumchisi Lionel Messi "Oltin butsa"ni qo'lga kiritgani va Chempionlar ligasida g'olib chimoqchi ekanligi haqida gapirdi.

- Bu yil faoliyatingizdagi beshinchi "Oltin butsa"ni qo'lga kiritdingiz. G'alaba qozonishdan charchamadingizmi?

- Bu men uchun qadrli sovrin. Ammo ushbu muvaffaqiyat butun jamoaniki. Darvozabon Samora (eng yaxshi posbon) sovrinini qo'lga kiritganda, bunda butun jamoaning xizmati bo'ladi, menda ham shunday. Yana g'olib bo'lganimdan xursandman.

- Sizda 5ta "Oltin to'p" va "Oltin butsa" bor. Sizga Chempionlar ligasidagi beshinchi g'alaba yetishmayapti.

- Ha, turnirda g'olib chiqsak yaxshi bo'lardi. Har mavsum Chempionlar ligasida muvaffaqiyatga erishishni istaymiz. Bu ishni takrorlasak yaxshi bo'lardi.

- "Barselona" joriy mavsum Chempionlar ligasida yaxshi ishtirok etmoqda. Sizda o'zgacha xohish paydo bo'ldimi?

- CHLda chempion bo'lish istagi har yili bo'ladi. Bu unikal va men o'ynagan eng ajoyib turnir. Bu yerda hammasi boshqacha va hammamiz unda zafar quchishni xohlaymiz" - deydi Messi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca