Mbappe, de Bryuyne va Musiala – CHLda haftaning eng yaxshi futbolchisi bo'lishga da'vogarlar

Sherzod Nurmatov
15 sen 2022, 12:44
UEFA Chempionlar Ligasi guruh bosqichi 2-turining eng yaxshi futbolchisi nomiga da'vogarlarni e'lon qildi.

"Bavariya" yarim himoyachisi Jamol Musiala "Barselona" bilan o'yinda (2:0) golli uzatmani amalga oshirdi.

"Manchester Siti" yarim himoyachisi Kevin de Bryuyne Dortmundning "Borussiya"si bilan o'yinda (2:1) samarali uzatma berdi.

PSJ hujumchisi Kilian Mbappe Xayfaning "Makkabi" klubiga qarshi o'yinda (3:1) g'alaba to'pini kiritdi.

"Bryugge" forvardi Ferran Jujla "Portu"ga qarshi o'yinda (4:0) penaltini aniq amalga oshirdi va golga assistentlik qildi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: uefa.com