Martino Argentina terma jamoasi bosh murabbiyi bo'lishga yaqin

Narzulla Saydullayev
16 iyul 2014, 09:32
“Barselona” klubi sobiq bosh murabbiyi Xerardo Martino Argentina terma jamoasini qabul qilib olishi mumkin.
Bu haqida beIN Sport sharhlovchisi Tankredi Palmeri Paragvay futbol federatsiyasi vice-prezidenti Alexandro Dominges ma'lumotiga tayanib xabar bermoqda.

Ma'lumotlarga ko'ra, Martino Paragvay terma jamoasidan tushgan taklifga rad javobini bergan. 51 yashar mutaxassis Argentina variantini afzal bilgan.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: olamsport.com