Marko Simich: "Ishqibozlar - bizning 12-o'yinchimiz"

Tolibjon Qosimov
17 mar 2018, 12:11
"Paxtakor"ning chernogoriyalik himoyachisi Marko Simich AGMK bilan o'tadigan bellashuvga tayyorgarlik haqida klub matbuot xizmatiga fikrlarini bildirdi.

- "Bunyodkor" bilan o'yin qiyin kechdi. Derbidagi alamli mag'lubiyatga qaramay, biz oldinga qarab intilishimiz lozim. Mavsum endi boshlandi. Jamoa AGMK bilan uchrashuvga tayyorlanmoqda. Yigitlar mashg'ulotlarda bor kuchlari bilan ishlashyapti.

Bizni jiddiy raqib bilan keskin o'yin kutayotganini bilamiz. Ularni etarlicha o'rgandik, kuchli va kuchsiz taraflaridan xabardormiz. Biz muxlislar ishonchini oqlash uchun 100 foiz kuchimizni beramiz.

Ishqibozlarimizni stadionda kutib qolamiz. Sizlar bizning 12-o'yinchimiz sanalasiz. Ishonchingiz bizga o'sish uchun kuch beradi. Men jamoa nomidan bizni nafaqat baxtli lahzalarda, balki og'ir pallada ham qo'llab turgan muxlislarga minnatdorchilik bildiraman. "Paxtakor" - xalq jamoasi va u faqat sizlar uchun o'ynaydi.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: pakhtakor.uz