Markaziy Osiyo futbol Assotsiatsiyasining navbatdagi tashqari kongressi bo'lib o'tdi

Narzulla Saydullayev
20 apr 2017, 14:19
18 aprel kuni Qirg'iziston poytaxti Bishkek shahrida Markaziy Osiyo futbol Assotsiatsiyasining (CAFA) navbatdagi tashqari kongressi bo'lib o'tdi.

Unda Qirg'iziston futbol Federatsiyasi rahbarlari, Afg'oniston, Eron, O'zbekiston, Tojikiston va Turkmaniston futbol Federatsiyalari delegatlari ishtirok etishdi.

Kongressda bir qator muhim masalalar ko'rib chiqildi:

– Markaziy Osiyo futbol Assotsiatsiyasining (CAFA) 2017 yil musobaqalar taqvimi

– Turli takliflarni o'rganish va qaror qabul qilish



Markaziy Osiyo futbol Assotsiatsiyasining moliya va marketing masalalari bo'yicha qo'mita tashkil etildi. Uchrashuvdagi barcha masalalar va takliflar 9 may kuni Manama shahridagi (Bahrayn) kongressda rasman qabul qilinadi.

Bundan tashqari kongressda FIFA Forward yo'nalishida Vaxid Kardani nutq so'zladi.

*Markaziy Osiyo futbol Assotsiatsiyasi (CAFA) -  OFK tasarrufidagi beshta Assotsiatsiyadan biri. Uning tarkibiga Qirg'iziston, Afg'oniston, Eron, Tojikiston,  Turkmaniston va O'zbekiston mamlakatlari futbol Federatsiyalari kiradi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: ffkr.kg