"Manchester Yunayted" o'z futbolchisini Sanchoga almashishni istamagan

Mirjalol Normatov
17 apr 2020, 20:15
Dortmundning "Borussiya"si futbolchisi Jeydon Sancho o'tgan yili "Manchester Yunayted"ga o'tishi mumkin edi.

O'shanda "arilar" Sanchoning transferini arzonlashtirish maqsadida "Yunayted"dan Meyson Grinvudni so'ragan, biroq Angliya klubi bunga rad javobini bergandi.

Yakunda transfer amalga oshmagan va Sancho hozirda faoliyatini dortmundliklar tarkibida davom ettirmoqda. Ushbu mavsumda futbolchi 35 o'yinda 17 gol va 19 assist qayd etdi.

Grinvud esa 38 uchrashuvda 14 gol va 4 hammualliflikni o'z hisobiga yozib qo'ydi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: The Sun