"Manchester Yunayted" jarimaga tortildi

Sherzod Nurmatov
11 noya 2022, 18:23
MYU "Nyukasl" va "Chelsi"ga qarshi kechgan o'yinlarda futbolchilarining harakatlarini nazorat qila olmagani uchun jazolandi.

Angliya futbol assotsiatsiyasi "Old Trafford" egalariga 82 ming funt miqdorida jarima jazosini belgiladi. "Qizil iblislar" "Nyukasl" bilan bahsdagi holatlar uchun 45 ming funt va "Chelsi" bilan o'yini uchun 37 ming funt jarima to'laydigan bo'ldi. 16 va 22 oktyabr kunlari bo'lib o'tgan uchrashuvlarda mankunianlar tashkilotning "E20.1" qoidasini buzgani ma'lum bo'ldi.

"Nyukasl" bilan qarama-qarshilikda kechgan o'yinda "Yunayted" futbolchilari hakamning Ronalduning golini inobatga olmagani uchun o'rab olishgandi.

Oradan bir hafta o'tib esa jamoa o'yinchilari "Chelsi"ning penalti tepishiga etiroz bildirishgan edi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Daily Mail