"Manchester Yunayted" jamoa yetakchisi bilan yangi shartnoma tuzishga tayyorlanmoqda

Alisher
6 sen 2019, 13:28
"Manchester Yunayted" fransiyalik xavbek Pol Pogbani jamoada olib qolmoqchi.

Xabar qilinishicha, "qizil iblislar" rahbariyati keyingi yozda futbolchiga qiziqarli va faoliyatini shu klubda davom ettirishi uchun motivaciya beradigan shartnoma taklif qilmoqchi.

Agar bu takliflar Pogbani qiziqtirmasa, klub uni sotishga urinib ko'radi.

Eslatib o'tamiz, Pogba o'tgan yozda Madridning "Real" klubiga o'tishi mumkin edi, ammo angliyaliklar u bilan xayrlashishni xohlashmadi.

Fransiya terma jamoasi yarim himoyachisi 2016 yildan beri MYU sharafini himoya qiladi.

"Yuventus" MYUning 3 o'yinchisini erkin agent sifatida o'z safiga qo'shib olmoqchi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Evening Standard