"Manchester Yunayted" "Barselona" futbolchisi uchun taklif tayyorlamoqda

Alisher
20 may 2020, 14:11
"Manchester Yunayted" "Barselona" hujumchisi Filippe Koutinoga qiziqmoqda.

Braziliyalik futbolchi ayni damda ijara asosida "Bavariya"da o'ynamoqda. "Qizil iblislar" "Barselona"ga taklif yuborishga tayyorlar.

Shuningdek Koutino atrofidagi voqealarni "Chelsi", "Tottenxem" va "Liverpul" klublari ham kuzatmoqda.

Koutino "Bavariya"ga 2019 yilning yozida "Barselona"dan ijara asosida 8,5 million evro evaziga o'tgandi.

Futbolchi joriy mavsum Germaniya Bundesligasi doirasidagi 22ta o'yinda maydonga tushib, 8ta gol 6ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Sport.es