Lempard Villianni jamoada olib qolmoqchi

5 mar 2020, 01:44
"GOAL" nashri ma'lum qilishicha, "Chelsi" yarim himoyachisi Villian keyingi mavsum ham London klubida qoladi.

31 yoshli braziliyalik futbolchi bilan shartnomani uzaytirishni tajribali vinger xizmatlariga muhtoj bo'lgan Frenk Lempardning shaxsan o'zi xohlamoqda.

Aytishlaricha, "Barselona", "Atletiko" va "Yuventus" klublari hamon Villianga bo'lgan qiziqishlarini yo'qotishmagan.

Ma'lumot uchun, braziliyalik futbolchi APLning joriy mavsumida 27 o'yinda maydonga tushgani holda 4 gol, 5ta samarali uzatmaga mualliflik qilgan.

O'xshash yangiliklar


Manba: GOAL