

Ma'lumotlarga ko'ra, London klubi rahbariyati 54 yoshli mutaxassisning ishidan mamnun va unga yaxshilangan shartlar bilan yangi bitim taklif qilmoqchi. Pardyuning amaldagi shartnomasi 2,5 yildan so'ng yakuniga etadi, mutaxassisning yillik maoshi 2 mln. evro.
Pardyu o'tgan yili "Kristal Pelas"ni boshqara boshlagan. Uning qo'l ostidagi jamoa 35ta uchrashuvda 60 ochko ishlagan. Joriy mavsumda londonliklar 29 ochko bilan oltinchi o'rinni egallab turibdi.



