Konte "Real"ga kelishi hal bo'lib bo'lgan, u Xakimini ham Madridga qaytaradi

Omonjon To`xtamirzayev
28 may 2021, 10:42
"Qirollik klubi"ni qaynoq yoz kutib turganga o'xshaydi.

Ispan nashrlari, jumladan, "Marca"ning xabar berishicha, "Real"ni yangi mavsumda Antonio Konte boshqaradi. Bu hal bo'lib ulgurgan masala va tomonlar kichik detallarni kelishib olishsa bo'lgani. Shuningdek, "Qirollik klubi" yangi ustozining birinchi transfer maqsadi "Madrid"ga begona bo'lmagan Ashraf Xakimini ortga qaytarish bo'ladi. Klubdagilar ham bunga qarshi emas.

Eslatib o'tamiz, Ashraf "Borussiya"dagi ijaradan qaytgach, aynan "Real"dan "Inter"ga yo'l olgan va Konte qo'l ostida ajoyib o'yin ko'rsatdi. 


O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: Marca