Konte: “MYU 2-edi, Ronaldu va boshqalarni olib kelishdi hamda 6-o'ringa tushib ketishdi. Ko'p pul sarflaydiganlar har doim ham g'olib bo'lmaydi”

Eldor Akmurzayev
4 avg 2022, 08:45
“Tottenxem” ustozi Antonio Konte APLdagi raqobat haqida fikr bildirdi.

“Angliyada to'rtta klub sarmoya kiritishni xush ko'radi: “Liverpul”, “Man Siti”, MYU va “Chelsi”. Misol uchun, “Chelsi” Lukakuni Sterlingga almashdi, Ryudiger ketdi, ammo Kulibali keldi.

“Manchester Yunayted” – zo'r klub, butun dunyoda ko'plab muxlislari bor va ko'p mablag' ishlata oladi, ammo yirik summa sarflaganlar doim ham g'olib bo'lmaydi. 2 yil avval “Manchester Yunayted” faqatgina “Manchester Siti”ga kurashni boy bergan, keyin Ronaldu, Sancho va Varanni sotib olishdi, ammo 6-o'ringa tushib ketishdi. Ular bu transferlarni APLda chempion bo'lish uchun qilishdi, lekin muvaffaqiyatsizlikka uchradi”, deydi Konte.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Sky Sports