Klopp finaldagi mag'lubiyatdan keyin: “Istanbuldagi mehmonxonadan joy band qilib qo'ying”

Eldor Akmurzayev
29 may 2022, 10:00
Yurgen Klopp “Liverpul” yangi mavsumda ham YCHL finaliga chiqishiga ishonmoqda.

“Yana (Chempionlar ligasi finalida) o'ynashimizni juda qattiq sezmoqdaman. Chindan ham yigitlar raqobatga chidamli, ular qoyilmaqom jamoa va kelasi mavsum ham aynan shunday bo'ladi.

Keyingi mavsum (YCHL finali) qayerda bo'ladi? Istanbuldami? Mehmonxonadan joy band qilib qo'ying”, degan Klopp “Real”ga imkoniyat boy berilganidan keyin.

Eslatib o'tamiz, Chempionlar ligasi 2022/23 yilgi mavsum hal qiluvchi uchrashuvi Istanbuldagi “Otaturk Olimpiya” stadionida bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: BBC Sport