Klattenburg: "Xorvatiya hakamlik xatosi tufayli JCH-2018 finalida mag'lub bo'ldi"

Aslanov Jasurbek
16 iyul 2018, 18:01
Mashhur hakam Mark Klattenburg Fransiya hamda Xorvatiya terma jamoalari o'rtasidagi o'yinni (4:2) boshqargan referilar brigadasi ishiga baho berdi.

"Perishichning qo'llari tabiiy holatda edi. To'pga nisbatan harakat bo'lmadi, penalti bo'lmagandi.

Grizmannga nisbatan bo'lga qoidabuzarlikdan so'ng belgilangan jarima - noto'g'ri qaror. Xorvatiya yo'q jarima zarbasi tufayli mag'lub bo'ldi. Grizmannga zarba berishmagan edi, ammo u yiqildi. Brozovich unga tekkani yo'q, bu sho'ng'ish" - deydi Klattenburg.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: ITV