Klattenburg: "Darvozabonni to'sib qo'yishga qarshi yangi qoida kerak"

Sherzod Nurmatov
29 yanv 2026, 16:58
Premer-liganing sobiq hakami Mark Klattenburg PGMOL (Angliya professional futbolida hakamlik uchun javobgar tashkilot)ni qoidalarga o'zgartish kiritishga chaqirdi.

"Aniqki, jamoalar har qanday ustunlikka ega bo'lish uchun standart holatlar bo'yicha maxsus murabbiylarni yollay boshlaganidan keyin bunday holatlar tez-tez uchray boshladi.

Bu - PGMOL va Premer-liga hal qilishi kerak bo'lgan masala: darvozabonni to'sib qo'yish jarima to'pi bilan jazolanishi shart.

Ha, dastlab follar soni ko'payishi mumkin, ammo jamoalar bu taktikani qo'llashga ruxsat berilmasligini tushunib etgach, bundan voz kechishadi. Biz Chempionlar Ligasida bu taktika kamroq qo'llanayotganini ko'ryapmiz, chunki u yerda hakamlar ancha qatiy jazo qo'llaydi!", – dedi Klattenburg.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: The Mirror