Keksalar va faxriylar uchun Bunyodkor stadioniga ekskursiya uyushtirildi

Narzulla Saydullayev
9 may 2018, 10:01
O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi tomonidan yurtimizda futbolni rivojlantirish va ommalashtirish, sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish borasida bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 2018 yil 16 martdagi PQ-3610-sonli “Futbolni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi qaroriga asosan Toshkentdagi “Bunyodkor” stadioni O'zbekiston futbol assotsiatsiyasiga o'tganidan keyin stadionda “Ochiq eshkilar” tadbirlari o'tkazilayotgani, yurtimizdagi maktab o'quvchilari hamda chet ellik mehmonlar, sayyohlar uchun “Bunyodkor” stadioniga ekskursiyalar uyushtirilayotgani haqida xabar berib o'tgandik.

“Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan yurtimizdagi keksalar va faxriylar uchun “Bunyodkor” stadioniga ekskursiya uyushtirildi.

Sayohat davomida stadion mamurlari yoshi ulug' futbol muxlislariga stadionning diqqatga sazovor joylarini, jumladan, “Bunyodkor” klubi muzeyi, matbuot anjumanlari xonasi, futbolchilar kiyim almashtirish xonalarini ko'rsatishdi.

Bu kabi sayohatlar kelgusida muntazam ravishda davom ettirilib,respublikamizning barcha hududlaridagi futbol muxlislari, ishqibozlar, talabalar, maktab o'quvchilari, jajji bolakaylar uchun stadion bo'ylab ekskursiyalar tashkil qilinishi rejalashtirilgan.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: the-uff.com