Kavani: “Urugvay to'rt yil oldingidan ko'ra yaxshi tayyorgarlikka ega”

Tolibjon Qosimov
6 iyun 2014, 11:34
Urugvay terma jamoasi hujumchisi Edinson Kavanining fikriga ko'ra, uning jamoasi 2010 yildagi mundialdan ko'ra Braziliyada yaxshiroq ishtirok etadi.
“Biz to'rt yil oldingi jamoadan ko'ra, yaxshiroq tayyorgarlikka egamiz. Jahon chempionatidagi ilk g'alaba ko'p narsani belgilab beradi. Biz doimo e'tiborimizni hali boshlanmagan turnirga qarata olmaymiz. Biz Jahon chempionatida yaxshi natijalarga erishish uchun tayyorlanishimiz kerak. Mag'lubiyat yoki mundialni tark etish, futbolchilarning ruxini sindiradi”, - deydi Kavani “Marca” bilan suhbatda.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.com