Kamtargina francuz klubi transferlar oynasining so'nggi kunida Neymarni troll qildi

Alisher
3 sen 2019, 12:45
Braziliyalik o'yinchi yopilgan transferlar oynasida jamoadan keta olmadi va Parijda qoldi.

Transferlar oynasida PSJ va "Barselona" futbolchining narxi borasida kelisha olmadi.

So'nggi kunda esa Neymar uchun davogarlar orasiga yana bitta klub qo'shildi. Bu "Shambli" klubidir.

Fransiya klubi 2018/19 yilgi mavsum yakuniga ko'ra Fransiyaning nufuz jihatdan 3-o'rinda turadigan ligasida 2-o'rinni qo'lga kiritdi va yuqoriroq ligaga yo'l oldi.

Klub shu sababdan jamoani kuchaytirishga qaror qildi va Neymar uchun harakat qilib ko'rdi! Transferlar oynasi yopilishidan sal oldinroq klub matbuot xizmati o'zining "Twitter" sahifasida: "22.30. Hozir yoki hech qachon, Neymar" deya xabar qoldirdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/FCCOISE