JCH-2022. O'yindan oldingi ulkan kubok qaerga yo'qolib qoldi? O'zbekistonda buni tushunishmaydi

Narzulla Saydullayev
6 dek 2022, 16:03
Qatardagi futbol bo'yicha Jahon chempionati davom etmoqda.

Mundialning dastlabki o'yinlarida har bir stadionda ochilish marosimi o'tkazilayotgan va maydon markaziga ulkan kubok nusxasini olib chiqishayotgan edi. 




Biroq Jahon chempionatining oxirgi bahslaridan oldin bu kubok stadionlarga olib chiqilmay qo'ydi. Faqat terma jamoalar bayroqlari bilan cheklanishmoqda. Xo'sh, ulkan kubok qaerga yo'qolib qoldi?

Gap shundaki, maydon sifatiga javobgar bo'lgan mutaxassislar o'yindan oldingi tadbirlar vaqtida kubokni olib chiqish maysaga zarar etkazmoqda deb hisobladi va bu tadbir bekor qilindi. Maydonga begona odamlarning chiqishi minimal darajaga tushirildi. Quyidagi rasmda kubokni olib chiqish uchun qancha odam maydonga tushganiyu, kubok qanchalik og'irligini his qilish mumkin.


VIDEONI KO'RISH





O'zbekistonda esa bir-ikki yil oldin futbol maydonlarida test imtixonlari o'tkazilgan va maysa pati yulingan tovuqday bo'lib qolgandi. 


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia