Iordaniya - O'zbekiston. Jeparov - uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi

Narzulla Saydullayev
6 sen 2013, 23:06
Xabaringiz bor, JCH-2014 saralash o'yinlarining har birida tashkilotchilar eng yaxshi futbolchini aniqlab kelishadi.
Iordaniya - O'zbekiston uchrashuvining eng yaxshi futbolchisi deb o'zbekistonlik yarim himoyachi Server Jeparov tan olindi.

O'yinda mehmonlarning yagona golini aynan Jeparov kiritdi. Futbolchi undan tashqari o'yin davomida bir necha bor zarba berdi.

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston - Iordaniya uchrashuvi 10 sentyabr kuni bo'lib o'tadi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia