Infantino: "Balki Konfederatsiyalar Kubogi ishtirokchilari sonini 48 ta jamoaga etkazarmiz?"

Aslanov Jasurbek
1 iyul 2017, 19:12
FIFA prezidenti Janni Infantino Konfederatsiyalar Kubogi ishtirokchilari soni borasida hazillashdi.

"Bu so'nggi Konfederatsiyalar Kubogimi? Turnirning kelajagi - ertangi final. Keyin vaziyatni tahlil qilamiz. FIFAning barcha musobaqalarini tahlil qilamiz - jahon chempionati, ayollar o'rtasidagi mundial, klub turnirlari. Balki Konfederatsiyalar Kubogi ishtirokchilari sonini 48 taga etkazarmiz? Ko'ramiz...

Chili terma jamoasi muxlislariga rahmat aytmoqchiman. Ularning 5 ming nafari shu yerda. Ular qayerdan kelganini tasavvur qilyapsizmi? Bu axir qo'shni mamlakatku! Chili terma jamoasi - juda kuchli, ammo yangi Amerika kashf qilayotganim yo'q. Ularning futbolchilari professionallar. Portugaliyaga qarshi bahsdagi penaltilarga keladigan bo'lsak, vaziyatga turlicha baho berish mumkin. Ammo penaltilar seriyasida Klaudio Bravo 3 ta zarbani qaytarib, ajoyib harakat qildi" - deydi Infantino.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.com