

"O'zim uchun javobgarlikni his qilaman, sababi men jamoa yetakchisiman. Men "Milan"da xursandman, ushbu jamoaga yordam bermoqchiman.
Bu yerda kelasi mavsum ham qolamanmi? Hali bilmayman. Agar rahbariyat hamkorlikni uzaytirishni taklif qilsa, men bunga tayyorman", - deydi 39 yoshli hujumchi.
Ibragimovichning "rossonerilar" bilan tuzgan shartnomasi joriy yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Futbolchi joriy mavsum A Seriya doirasidagi 14ta o'yinda maydonga tushib, 14ta gol urishga erishdi.



