Ibragimovich mavsum startini o'tkazib yuboradi

Sherzod Nurmatov
10 avg 2021, 20:29
"Milan" hujumchisi Zlatan Ibragimovich tizzasidan olgan jarohatidan keyin tiklanishda davom etmoqda.

U aynan ushbu shikastlanish tufayli o'tgan mavsum so'ngini va Evro-2020'ni o'tkazib yubordi. 

Iyunda 39 yoshli futbolchining chap tizzasi artroskopik operaciya qilindi. 

Ma'lumotlarga ko'ra, Ibragimovich yangi mavsum boshigacha tayyor bo'lmaydi. U katta ehtimol bilan sentyabrgacha safga qaytmaydi.

Forvard o'tgan mavsumda "Milan" uchun 27 o'yinda 17 ta gol urib, 3 ta assist qayd etgan edi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: La Gazzetta dello Sport