

Afg'oniston futbol federatsiyasi O'zbekiston futbol assotsiatsiyasiga har ikki mamlakat terma jamoalari o'rtasida o'rtoqlik o'yini tashkil etish borasida taklif bilan chiqdi. O'FA mazkur taklifga ijobiy javob berdi va shu tariqa 12-13 oktyabr sanalarida poytaxtimizda O'zbekiston hamda Afg'oniston terma jamoalari o'rtasida o'rtoqlik o'yini o'tkaziladigan bo'ldi.
Ta'kidlab o'tamiz, futzal bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi 20-23 oktyabr kunlari Tailandda o'tkaziladigan xalqaro musobaqada ishtirok etadi. Afg'onistonga qarshi bo'ladigan uchrashuvlar mazkur musobaqaga tayyorgarlik vazifasini o'tab beradi.



