Fevzi Davletov: Futbolchilarning harakatidan qoniqdik, ularga ortiqcha etirozim yo'q

Aslanov Jasurbek
12 dek 2020, 19:13
AGMK va Metallurg o'rtasidagi O'zbekiston Kubogi 1/4 final uchrashuvidan (4:3) so'ng, mehmonlar katta murabbiyi Fevzi Davletov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

Umuman olganda, o'yindan avval taxmin qilganimizdek qiyin bahs bo'ldi. Raqib ancha kuchli. Birinchi bo'limda oldinda borayotgan vaqtimizda bir nechta kerak bo'lmagan xatolarga yo'l qo'ydik. Bolalarning harakatidan qoniqdik, ularga ortiqcha etirozim yo'q. So'nggi golda jarima maydonchamizning ichida futbolchimiz yiqilib tushdi va xato evaziga gol o'tkazib yubordik. Qolgan vaziyatlarda futbolchilarimiz yaxshi harakat qilishdi. Qiyin mavsumda futbolchilar yaxshi harakat qilishdi va ularga bu uchun minnatdorchilik bildiraman.

Kubok uchun to'rtta jamoa qoldi. Sizningcha qaysi jamoaning chempion bo'lishga imkoniyati ko'proq?

Qur'a tashlanmagunga qadar nimadir deya olmayman. Qur'adan so'ng barchasi hal bo'ladi. Biroq Paxtakor finalga yo'l olsa kerak. Ikkinchi finalchini esa qur'adan so'ng taxmin qilsak bo'ladi.

Metallurg uchun mavsum yakunlandi. Jamoaning kelasi yil uchun rejalari qanday? Qaysi poziciyalarni kuchaytirishni reja qilgansizlar?

Hozircha barcha ishlar olib borilmoqda. Albatta keyingi mavsum uchun yangi o'yinchilar keladi. Lekin birinchi navbatda yakunlangan mavsumda qilingan ishlarni ko'rib chiqib, xato qilingan joylarni ko'rib olishimiz kerak.

O'zbekistonda futbolchilar qishda rasmiy o'yinlarda ishtirok etishmasdi. Asosan o'rtoqlik o'yinlarida maydonga tushishgan. Shuni inobatga olgan holda, futbolchilarni tayyorlash qanchalik qiyin kechmoqda?

To'g'ri qishda asosan mashg'ulotlar olib borardik. Kubok bahslari cho'zilib ketdi va shu sababli futbolchilarni tayyorlash ancha qiyin kechdi.



O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia