

"Bu bahs qiyin o'tishini bilardik. Shu sababli yigitlardan maksimal e'tiborli bo'lishni talab qildik. Himoyada ham, hujumda ham bir xil o'yin namoyish qildik.
Bu kabi bahslarda ko'p ham vaziyatlar yaratilmaydi. Bir yoki ikki vaziyat yaratilishi mumkin xolos. O'sha vaziyatlardan foydalana olmadik.
O'yinda shunday pallalar bo'ldiki, biz gol o'tkazib yuborishimiz mumkin edi. OKMK o'shanda bizni kechirdi. Umuman olganda, yigitlar bahsni yomon o'tkazishmadi.
Bizda holat unchalik yaxshi emasdi, chunki yarim jamoa kasal edi, ikki futbolchimiz termalardan qaytib keldi. Umuman olganda, yomon emas. Yigitlarga rahmat aytaman va endi "Buxoro"ga qarshi o'yinga tayyorgarlikni boshlaymiz", – dedi Davletov.




