Javohir Sindarov Jahon chempionati matbuot anjumani oldidan futbol tomosha qilgan - FIDE

Оқил Абдубарноев
27 noya 2026, 11:55
O'zbekistonlik grossmeyster Javohir Sindarov shaxmat bo'yicha jahon chempionligi uchun bahs oldidan o'tkazilgan matbuot anjumani boshlanishini kutayotganda futbol tomosha qilgan.

Xalqaro shaxmat federatsiyasi (FIDE) bu haqda amerikalik grossmeyster Moris Eshlining hikoyasi aks etgan videolavhani e'lon qildi.

Eshlining aytishicha, Sindarov matbuot anjumani boshlanishi arafasida stol ostidagi telefonida futbol uchrashuvini kuzatib o'tirgan. Mazkur holat o'zbekistonlik shaxmatchining jahon chempionligi uchun muhim bahs oldidan ham o'zini xotirjam tutayotganiga misol sifatida tilga olingan.

FIDE ushbu lavhani "Javohir Sindarov: xotirjam va... futbol tomosha qilyapti!" degan sarlavha bilan e'lon qildi.

E'tiborlisi, Sindarov futbolning ashaddiy muxlisi hisoblanadi. U avvalroq Britaniyaning "The Guardian" nashriga bergan intervyusida "Barselona" klubi va Lionel Messiga muxlisligini aytgan.

Shuningdek, o'zbekistonlik grossmeyster 2026 yilgi futbol bo'yicha jahon chempionatida O'zbekiston milliy terma jamoasini qo'llab-quvvatlash uchun Shimoliy Amerikaga ham borganini ma'lum qilgan.

Eslatib o'tamiz, Javohir Sindarov 24 noyabrdan buyon Shveytsariyaning Jeneva shahrida amaldagi jahon chempioni Dommaraju Gukeshga qarshi chempionlik uchun bahs olib bormoqda.

O'xshash yangiliklar

Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: FIDE