Fergyuson Ronalduga: “Barchasi uchun rahmat, sen buyuk futbolchi va insonsan”

Eldor Akmurzayev
5 fev 2020, 21:58
“Manchester Yunayted”ning sobiq ustozi Ser Aleks Fergyuson “Yuventus” forvardi Krishtianu Ronalduning tavalludi munosabati bilan unga tabrik yo'lladi.

Shotlandiyalik mutaxassis 2003-2009 yillari "qizil iblislar"dagi faoliyati davomida Ronalduga murabbiylik qilgan edi.

“Tabriklayman, Krishtianu. Men va “Manchester Yunayted” uchun qilgan barcha ishlaring uchun tashakkur. Sen buyuk o'yinchi va eng asosiysi buyuk insonsan”, – deb so'zlarini yakunlagan Ser Aleks.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Record