Fakt. O'tkir Yusupov 333 daqiqadan buyon gol o'tkazmayapti

Narzulla Saydullayev
21 okt 2019, 14:40
Superliganing 22-turida "Navbahor" klubi Termizda "Surxon" bilan 0:0 hisobida durang o'ynab qaytdi.

Shunday qilib, "Navbahor" posboni O'tkir Yusupovning "quruq seriyasi" 333 daqiqaga etdi.

Yusupov oxirgi uchta o'yinda umuman gol o'tkazgani yo'q. So'nggi marta bu darvozabon 19-turda "Paxtakor" bilan bahsning 27-daqiqasida o'z darvozasidan to'p olib chiqqandi. O'shandan keyin jami 333 daqiqa davomida hech kim Yusupovni ranjita olgani yo'q.

Takidlash lozimki, 20-turda Jizzaxda "Navbahor" posboni "So'g'diyona" futbolchisining 11 metrli jarima to'pidan yo'llagan zarbasini qaytarishga erishgandi.


O'tkir Yusupovning oxirgi to'rtta o'yindagi "quruq seriyasi":
19-tur
"Navbahor" - "Paxtakor" 0:1 (63 daqiqa)

20-tur
"So'g'diyona" - "Navbahor" 0:0 (90 daqiqa)

21-tur
"Navbahor" - "Dinamo" 1:0 (90 daqiqa)

22-tur
"Surxon" - "Navbahor" 0:0 (90 daqiqa)


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia